Mourinoga Bundesliga hujumchilari kerak

  • 1 iyun, 2022, 23:41
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Joze Mourino kelasi mavsum Chempionlar ligasi yo‘llanmasi va Evropa ligasi g‘olibligi uchun kurashadi. Shuning uchun ham portugaliyalik mutaxassis yozda yangi o‘yinchilarni olishga urinmoqda.

Tecno

Italiya matbuotining yozishicha, rimliklar jamoa hujumkorligini oshirish uchun Bundesligada o‘zini ko‘rsatgan Filip Kostich va Sasha Kalayjichni o‘z tarkiyuiga qo‘shib olmoqchi.

“Ayntraxt” pleymeykeri Kostich jami 43 marotaba maydonga tushib, ettita gol va o‘n beshta pas muallifi bo‘ldi. Uning bir yillik shartnomasi borligi uchun 29 yoshli o‘yinchini 20 million evroga olish mumkin.

“Shtutgart” markaziy hujumchisi  Kalayjich atigi 15 ta o‘yinda qatnashgan bo‘lsa-da, oltita gol urdi va bir juft golli pas uzatdi. Uning ham bir yillik shartnomasi bor va narxi 22 million evroni tashkil qilyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!