Mourino "Byornli"ga qarshi o‘yinda dubl qayd etgan Beyl haqida nimalar dedi?

  • 28.02.2021 22:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Tottenxem” bosh murabbiyi Joze Mourino bugun “Byornli” (4:0) ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng ushbu o‘yinda dubl qayd etgan Garet Beyl haqida gapirib o‘tdi.

Tecno

“Bu joriy mavsumdagi eng yaxshi Beyl edi. U o‘ziga ishongan, juda yaxshi holatda va o‘zini juda yaxshi his qilmoqda. Men jamoamdan xursandman. Beyl haqiqatan ham "Tottenxem" muxlislariga quvonch baxsh etmoqchi, bu uning uchun alohida ahamiyatga ega jamoa”, - dedi portugaliyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, Beylning transfer huquqi “Real”ga tegishli va u joriy mavsumni “Tottenxem” safida ijarada o‘tkazmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!