Mourino: Chempionlik uchun asosiy nomzod bu - "Chelsi", chunki u chempion

  • 19 avgust, 2017, 09:35
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” klubi bosh murabbiyi  Joze Mourino Londonning “Chelsi” jamoasini premer-liga g‘olibligi uchun asosiy nomzod sifatida qayd etdi.

Tecno

“Hozir hamma “Chelsi” o‘zining asosiy yarim himoyachisini sotib yubordi deb aytmoqda. Ammo, uning o‘rniga Bakayoko vaDrinkouter kabi futbolchilarni sotib olgan bo‘lsa, u holda muammo nimada?  Muammo - futbolchi sotsangu, o‘rniga yangisini sotib olmasang, ana shu muammo.

Ehtimol, “Chelsi” o‘tgan mavsumdagidan ham kuchliroq bo‘lgandir. Ochig‘i, APLdagi kuchli ettilikda yuruvchi jamoalarning barchasi etarlicha kuchga ega, ularning moddiy tomoni ham har qanday sovrin uchun kurashishga etadi, xatto Chempionlar ligasi va Evropa ligasini ham.

Mening nazarimda amaldagi chempion hamisha favorit hisoblanadi, chunki u chempionda. Lekin bu “Chelsi” chempionlikni himoya qila oladi degani emas. Shunchaki chempion o‘z-o‘zidan kelgusi mavsumda ham favorit hisoblanadi holos”, - deydi portugaliyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, “Chelsi” dastlabki turda kutilmaganda o‘z maydonida “Byornli”ga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!