
Mourino dunyoning eng yaxshi himoyachisi kimligini aytdi
"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourino "Manchester Siti" va Portugaliya terma jamoasi himoyachisi Ruben Diash haqida gapirdi.
“Menimcha, Diash hozirda dunyoning eng yaxshi markaziy himoyachisi.
Ruben Angliya premer-ligasiga ko‘chib o‘tishi bilan boshqacha tushuncha va raqobatbardoshlik tajribasiga ega bo‘ldi deb aytgan bo‘lardim", - dedi portugaliyalik mutaxassis.
O‘tgan mavsumda Diash “Manchester Siti” safida jami 46 ta o‘yinda maydonga tushib, 1ta gol urdi. Uning "shaharliklar" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilgacha mo‘ljallangan.
Ruben Diash yakunlangan mavsum APLda mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Fikrlar