Mourino imkon bermayotgan o‘yinchini Angliyaga chorlashyapti

  • 24 yanvar, 2023, 08:28
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma”da etarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgan Matias Vina faoliyatini Angliya chempionatida davom ettirishi mumkin.

Tecno

Premer-liga klubi “Bornmut”  Urugvay terma jamoasi safida Qatardagi jahon chempionatida ishtirok etgan himoyachini o‘z safiga chorlayapti.

Angliyaliklar Vinani mavsum oxiriga qadar ijaraga olmoqchi. Rim klubiga 2021 yilning yozida olib kelingan futbolchi asosiy tarkibga kirishda Nikola Zalevski va Leonardo Spinatstsola bilan raqobatlasha olmayapti.

The Daily Mail nashrining yozishicha, “Bornmut” mutasaddilari “Inter” himoyachisi Robin Gosensni qo‘lga kirita olmaganidan e’tibrini Vinaga qaratdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!