
Mourino jamoasida "Real" darvozabonini ko‘rmoqchi
Andrey Lunin "Fenerbaxche"ning e’tibor markazida bo‘lib turibdi.
AS nashrining xabar berishicha, istanbulliklar bosh murabbiyi Joze Mourino Dominik Livakovichdan qoniqmayapti, darvozabonning o‘zi ham Turkiyadagi vaziyatdan mamnun emas. Uning "Nottingem Forest"ga ijara asosida o‘tkazilishi bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.
Shu bilan birga, Mourino o‘z jamoasida Luninni ko‘rishni xohlamoqda. "Fenerbaxche" transfer shartlarini aniqlash uchun "Real"ga so‘rov jo‘natgan.
Fikrlar