Mourino: Klopp bilan do‘st emasmiz

  • 28 yanvar, 2021, 19:27
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Tottenxem" bosh murabbiyi Joze Mourino "Liverpul"dagi hamkasbi Yurgen Klopp bilan o‘zaro munosabatlari haqida gapirib o‘tdi.

Tecno

“Biz Yurgen bilan do‘st emasmiz. Biz birgalikda vaqt o‘tkazmadik yoki biron narsa qilmadik. Biror kishini taniganingizda, shunday deyishingiz mumkin: "U menga yoqadi, bu mening do‘stim". Yoki: "Men uni yoqtirmayman, biz do‘st emasmiz." Uchrashuvdan oldin Klopp bilan besh daqiqa suhbatlashamiz, keyin ham xuddi shunday. Bir narsani aytishim mumkin - bu mening hamkasbim. Men uni hurmat qilaman va u bilan hech qanday muammo yo‘q. O‘ylaymanki, u menga ham xuddi shunday munosabatda bo‘ladi. Hech qanday muammo yo‘q”, - dedi portugaliyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, bugun “Tottenxem” o‘z maydonida “Liverpul”ni qabul qiladi. Ushbu bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!