Mourino: Men qo‘rqqanimdan yolg‘on gapirdim!

  • 13 sentabr, 2021, 08:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

A Seriyaning 3-turida Joze Mourino boshqaruvidagi “Roma” o‘z maydonida “Sassuolo”ni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Rimliklarning g‘alaba goliga Eldor Shomurodov hammualliflik qildi.

Tecno

Bu uchrashuv Joze Mourino uchun bosh murabbiylik faoliyatidagi 1000-o‘yin bo‘ldi.

Bellashuvdan keyin portugaliyalik mutaxassis shogirdlariga yolg‘on gapirganini tan oldi.

- Men yolg‘on gapirdim. Bir necha kundan beri futbolchilarga faoliyatimdagi 1000-o‘yin men uchun ahamiyatsiz ekanini ta’kidlab keldim. Men yutqazib qo‘yishdan qo‘rqdim. Baxtimga biz g‘alaba qozondik. Men yosh boladay yugurdim, o‘zimni 58 yosh emas, 12 yashar bolakayday tutdim, - dedi Joze Mourino.

Portugaliyalik mutaxassis qo‘l ostida “Roma” UEFA Konferentsiyalar kubogi va A Seriyada jami beshta uchrashuv o‘tkazib, barchasida zafar quchdi. Ushbu o‘yinlarda Eldor Shomurodov bitta gol urib, ikki marta assistni amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Турсун Ғани
13/09/2021 14:09
Ёш боладай югурганизни кўрдик жаноб Жозе. Ўша ҳурсандчилигизга Элдорнинг ҳам ҳиссаси бор. Шуни унутмасангиз бўлгани. 5 Та расмий ўйинизда Элдор 1 та гол ва 2 та асисти билан сизга 3 та ғалаба тақдим этди. Бас етар уни кўпроқ туширинг, асосийда унинг жойи. Имкон бер Жозе Элдорга....