Mourino muxlislarni sabr qilishga chaqirdi!

  • 22.08.2021 10:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino yangi boshlangan mavsum haqida gapirar ekan, jamoa biror sovrin yutishigacha muxlislarini sabr qilishga chaqirdi.

- “Roma” – buyuk klub. Aynan shu ko‘rsatkich bo‘yicha men avval ishlagan klublarga to‘g‘ri keladi. Lekin loyiha tubdan farq qiladi. Men “Chelsi”, “Inter” va “Real”ga kelganimda loyiha maqsadi bitta edi – birinchi kundan g‘alaba qozonish. Lekin “Roma” ulardan boshqasa vaziyatda, jamoa uzoq paytdan beri hech narsa yutmagan. O‘tgan mavsumda “Roma” chempiondan 29 ochko, 4-o‘rin sohibidan 16 ochko ortda qoldi.

Klub rahbariyatiga yanada ko‘proq o‘yinchi olishimizni talab qilib, bosim o‘tkazish vakolatim yo‘q. Men qo‘l ostimdagi jamoada borlar bilan ishlashim kerak. Lekin bizda hali transfer bozorida ishlash uchun vaqt bor, - dedi Mourino.

“Roma” bugun A Seriyaning birinchi turida “Fiorentina”ni qabul qiladi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 23:45 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!