Mourin'yo nazoratni kuchaytirdi: Qoidadi buzgan o'ynamaydi!
“Real” bosh murabbiyi Joze Mourinyo Madrid jamoasidagi intizom talablarini kuchaytirdi: mashg‘ulotlarga kechikish futbolchining navbatdagi o‘yinni o‘tkazib yuborishiga olib kelishi mumkin. Shuningdek, futbolchilarning tiklanish jarayoni va ovqatlanishi endi qat’iy tartibga solingan. Bu haqida The Sun xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, madridliklarning yangi murabbiyi mashg‘ulotlarga kechikish uchun pul jarimalarini bekor qilgan va yanada qattiq jazo choralarini joriy etgan.
Mashg‘ulotga belgilangan vaqtda kelmagan futbolchi trenajor zaliga yuboriladi va keyingi o‘yinni o‘tkazib yuboradi.
Mourinyo tartibining asosiy elementlari — vaqtda kelish, mashg‘ulot, tiklanish va ovqatlanish.
Jarohat olgan futbolchilarning tiklanish jarayonlari faqat klub bazasida o‘tkazilishi kerak.
Bundan tashqari, futbolchilar o‘z xohishiga ko‘ra ovqatlanish tartibini tanlamaydi, balki klub tavsiyalariga amal qilishi shart.
Mourinyoning bu yondashuvi ma’lum darajada Arsen Vengerning “Arsenal”dagi usullariga o‘xshaydi. Manbaning yozishicha, portugalik murabbiy “Barselona”da Hans-Diter Flik qo‘llayotgan amaliyotdan ham ilhomlangan. Kataloniya klubida ham mashg‘ulotlarga kechikadigan futbolchilar uchun qat’iy qoidalar mavjud.
Joze Mourinyo 11 iyun kuni rasmiy Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi etib tayinlangan va 2029 yilning yozigacha davom etadigan shartnoma imzolagan.

Fikrlar