Mourino Pochettino taklifini qabul qiladimi?

  • 12.01.2021 12:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJni qabul qilib olgan Maurisio Pochettino “Tottenxem”dan Dele Allini olishni istayotganidan xabar topgan Joze Mourino iste’dodli futbolchini qo‘yib yubormagan edi.

Yaqinda portugaliyalik mutaxassis o‘zi yoqtirmaydigan ingliz futbolchisiga nisbatan munosabatini o‘zgartirib, unga yangi imkoniyat berishini ma’lum qildi.

O‘z navbatida, Pochettino ham qadrdon shogirdini Parijga olib kelish fikridan qaytgani yo‘q. U Mourinoga ajoyb rokirovka taklif qilmoqda. Unga ko‘ra, argentinalik murabbiy PSJdagi shartnomasi yakunlanayotgan va jamoada qolishni istamagan hamyurti Anxel di Mariyani  “Tottenxem”ga yuborib, o‘rniga Dele Allini olishni rejalashtirmoqda.

Joze Mourino hali hamkasbining bu taklifiga javob bergani yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!