Mourino PSJ taklifiga javob berdi
Joze Mourino o‘rtamiyona klubga aylanib qolgan “Roma”ni bir mavsum ichida Konferentsiyalar ligasi g‘olibi va katta maqsadlar sari kurashishga qodir jamoaga aylantirganidan keyin portugaliyalik mutaxassisning xizmatiga ehtiyoj sezayotgan jamoalar ko‘payib ketdi.
Xususan, PSJ xo‘jayinlari argentinalik Maurisio Pochettinoni iste’foga chiqapib o‘rniga Joze Mourinoni olib kelish variantini ko‘rib chiqayotgan edi.
Ma’lumotlarga qaraganda, Mourino keyingi bir necha oy ichida ko‘plab jamoalardan taklif olgan. Portugaliyalik mutaxassis ularning bariga, jumladan, PSJ taklifini rad etgani aytilmoqda.
Joze shartnomasi oxirigacha “Roma”da qolib, o‘ziga yuklatilgan vazifani to‘liq bajarishni rejalashtirgan.
Uning klub bilan amaldagi kelishuv 2024 yilning yozigacha davom etadi.

Fikrlar