
Mourino: "Qulay kursilarda o‘tirib, klublardan ochko olib qo‘yayotganlar barcha jamoalarga birdek bo‘lsin"
"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourino "Fiorentina"ga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Aytishicha, u kechagi bahsda jamoasidan ochko olib qo‘yilgan, deb hisoblaydi.
"Biz uzoq vaqtdan beri A Seriyada xakamlar borasida tushuntirish berilishini kutdik. Ammo vaqtimiz shunchaki besamar ketdi.
Tan olaman, "Lester"ga qarshi og‘ir o‘yindan so‘ng jismonan va ruhan raqibdan kuchsiz ekanimiz bilinib qoldi. Bu tabiiy holat edi.
Men livornolik janob Banti (VARdagi xakam) dan tushuntirish berishini kutyapman. O‘yinni takroran ko‘rib chiqdim. Biroq u erda qoidabuzarlik yo‘q edi.
To‘g‘risini aytsam, "Roma" bilan bo‘layotgan voqealar aqldan oshib ketdi. Banti kabi qulay kursilarda o‘tirib, klublardan ochko olib qo‘yayotganlar barcha jamoalarga birdek munosabatda bo‘lishini istayman", - dedi portugaliyalik mutaxassis "DAZN" nashriga bergan intervyusida.
Fikrlar