
Mourino “Roma” etakchisini qo‘ldan chiqarmoqda
“Roma” rahbariyati jamoaning universal futbolchisi Nikolo Dzanolo bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmayapti.
Rimliklar 23 yoshli futbolchi talab qilayotgani maoshni bermoqchi emas. Klub mutasaddilariga Nikoloning butun mavsumni barqaror o‘tkaza olmasligi va jarohatlarga moyilligi xavotirga solmoqda.
Dzanolo bir yarim yildan keyin yakunlanadigan amaldagi shartnoma yangilanmaganidan keyin boshqa variantlarni ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirdi.
Ayni paytda “Milan”, “Borussiya Dortmund” va “Atletiko Madrid” klublari Italiya terma jamoasi o‘yinchisi bilan hamkorlik o‘rnatishni rejalashtirgan.
Fikrlar