Mourino Ronalduni "Roma"ga taklif qilmoqda

  • 28 may, 2021, 20:48
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu bilan aloqaga chiqdi. Bu haqda La Stampa nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Portugaliyalik mutaxassis “Yuventus”dan ketmoqchi bo‘lib yurgan hamyurtining kelajak rejalari haqida gaplashgan. U shuningdek, Ronalduni “Roma”ga taklif qilgan.

Qayd etilishicha, Ronalduning "Roma"ga o‘tishi Evropaning boshqa yuqori ligalariga nisbatan Italiyadagi qulay soliq afzalliklarini saqlab qolishga imkon beradi.

36 yoshli Ronaldu joriy mavsum A Seriyada 33 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 26 ta gol yozdirib qo‘ydi. Shu tariqa Ronaldu chempionat to‘purariga aylandi.

Ronaldu o‘z vaqtida "Real"da Mourino qo‘l ostida to‘p surgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
28/05/2021 21:20
Рома Криш учун катта маош туламайди. Лекин унга Челсилик Роман катта маош тулаши мумкин.