
Mourino Saudiya Arabistoni klubi bilan muzokara olib bormoqda
"Real" va "Manchester Yunayted"ning sobiq ustozi Joze Mourino Saudiya Arabistoni chempionatida ish boshlashi mumkin. Bu haqda "Talksport" portali xabar bermoqda.
Manba bergan xabarga ko‘ra, portugaliyalik mutaxassis "Al-Kadisiya" klubi rahbarlari bilan muzokara olib borgan. 61 yoshli mutaxassisning oxirgi ish joyi Italiyaning "Roma" jamoasi edi.
Avvalroq matbuotda Mourinoning xizmatlariga Turkiya chempionatining ikki vakillari - "Beshiktosh" va "Fenerbaxche" jamoalari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar