
Mourino Sulsherga yoqmagan yulduzga boshpana beradi
“Tottenxem”dan iste’foga chiqarilganidan keyin “Roma”ni qabul qilib olgan Joze Mourino Rim klubini Angliya premer-ligasida to‘p tepgan futbolchilar bilan kuchaytirishga qaror qildi.
Portugaliyalik mutaxassis birinchilardan bo‘lib “Manchester Yunayted” pleymeykeri Donni van de Bekni xarid qilmoqchi. Niderlandiyalik yarim himoyachi “Ayaks”dagi yorqin o‘yinlari bilan grand klublar e’tiborini qozongan edi. Biroq, o‘tgan yozda “Manchester Yunayted” taklifini qabul qilgan Donni jamoa bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsherga ma’qul kelmadi. O‘yin amaliyotisiz qolib ketgan futbolchi yozda jamoani tark etmoqchi bo‘lib yuribdi.
“Roma” yangi bosh murabbiy so‘ragan futbolchini olib kelish uchun manchesterliklar 26 million funt to‘lashga tayyor.
“Manchester Yunayted” rahbariyati esa Donni van de Bek o‘rniga “Roma”dan Nikolo Dzanoloni berishni so‘ramoqda.
Fikrlar