Mourino tarkibni kuchaytiradigan futbolchini oladi
Bu mavsum yuqori o‘rinlar va Evropa chempionar ligasi yo‘llanmasi uchun kurashayotgan Joze Mourino jamoasi tarkibini kuchaytirishga ham alohida e’tibor qaratmoqda.
Portugaliyalik mutaxassis “Tottenxem”ga “Lester” yarim himoyachisi Demerey Greyni taklif qilyapti.
24 yoshli futbolchi “Lester” bilan yangi shartnoma imzolashdan bosh tortdi va klub rahbariyati uni qishki transferlar vaqtida qo‘yib yuborishga qaror qildi. Mourino tezkor futbolchiga bepul ega chiqish imkonini qo‘ldan boy bermaydi.
Grey “Lester” tarkibida beshta mavsumda 132 ta uchrashuvda qatnashib, o‘nta gol urgan va 13 ta golli pas uzatgan.

Fikrlar