Mourino "Tottenxem" rahbariyatidan Eriksenni ortga qaytarishni so‘ramoqda

  • 16.01.2021 18:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Tottenxem" bosh murabbiyi Joze Mourino jamoa safini "Inter" xavbeki Kristian Eriksen bilan kuchaytirmoqchi.

Aytish kerakki, daniyalik futbolchi bir yil muqaddam “neradzurrilar” safiga aynan “Tottenxem”dan ko‘chib o‘tgan edi. Afsuski, uning Milanda ishlari yurishmadi.

Italiyalik jurnalist Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, Mourino “shporlar” rahbariyatidan Eriksenni ijaraga olishni so‘ragan. “Inter” rahbariyati ham Kristiandan imkon qadar tezroq qutulmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!