Mourino "Tottenxem"ga La Liga klubidan futbolchi olib kelmoqchi

  • 15.03.2020 13:03
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Valensiya” klubi yarim himoyachisi Joffre Kondogbia faoliyatini “Tottenxem”da davom ettirishi mumkin.

Tecno

Sky Sports nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 27 yoshli afrikalik futbolchini shaxsan “shporlar” ustozi Joze Mourino o‘z jamoasida ko‘rmoqchi. “Tottenxem” skauti Stivi Xitchen esa uzoq vaqtdan buyon Kondogbianing o‘yinlarini diqqat bilan kuzatib kelmoqda.

Eslatib o‘tamiz, “Valensiya” Kondogbiani 2018 yil “Inter”dan sotib olgan edi. Uning shartnomadagi tovon puli 80 mln evroni tashkil etadi. U joriy mavsum La Ligada 17 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta golga assistentlik qilishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!