
Mourino: U Evropaning boshqa top klublarida ham o‘ynashga loyiq
"Tottenxem" klubi sobiq murabbiyi koreyalik futbolchi Son haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Men Songa shunchaki koreyalik futbolchi sifatida qaramayman. Unga dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri sifatida qarayman.
Klub muxlislariga gaplarim yoqmasligi mumkin, ammo u unvonlarni qo‘lga kirita oladigan klubda o‘ynashga haqli.
Son Angliyada "Manchester Siti", "Liverpul", va "Chelsi" kabi jamoalarda faoliyat olib borishi mumkin edi. U Evropaning boshqa top klublarida ham o‘ynashga loyiq.
U zamonaviy futbolda hujumning har qaysi qismida erkin o‘ynay oladi. Xoh qanotlarda, xoh markazyi hujumda o‘zini to‘laqonli ko‘rasata oladi", - dedi Mourino EA Sports FC nashriga.
31 yoshli futbolchi London klubi safida 2015 yildan boshlab faoliyat olib bormoqda. Son "shporlar" tarkibida 405 ta o‘yin o‘tkazib, 162 ta gol va 83 golli uzatma muallifiga aylangan.
Joriy mavsumda esa, Premer-ligada 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 9 ta assist qayd etdi.
Fikrlar