Mourino yana bir yulduzni haydayapti
Odatda, borgan jamoasida yulduz futbolchilar bilan chiqisha olmaydigan Joze Moruino “Tottenxem”da ham bu qilig‘ini davom ettirmoqda. Avvalroq, portugaliyalik mutaxassis jamoa tarixidagi eng qimmat futbolchi Tangi Ndombele bilan kelisha olmay qolgandi.
Endi Mourinoga “Tottenxem”ning asosiy yulduzlaridan hisoblangan Dele Alli yoqmay qoldi. Shu sabab, 2015 yildan buyon londonliklar klubida sadoqat bilan o‘ynab kelayotgan futbolchi yozgi transferlar mavsumi yopilmay turib, boshqa jamoaga o‘tib ketmoqchi.
Mourino APLning birinchi turida Allini tanaffusda almashtirib yubordi va keyin Evropa Ligasi doirasidagi o‘yinning qaydnomasiga kiritmadi.
Angliya terma jamoasi o‘yinchisiga “Real”, “Inter” va PSJ kabi grand klublar qiziqish bildirmoqda.
Fikrlar