
Mourinoga yangi futbolchi yoqmadi
“Tottenxem” tarkibiga bir yil oldin “Vulverxempton”dan taklif etilgan Mett Doerti jamoa bosh murabbiyi Joze Mourino ishonchini qozona olmadi va yozda jamoani tark etishi kerak bo‘lyapti.
Keyingi paytda portugaliyalik mutaxassis 29 yoshli himoyachiga umuman ishonch bildirmay qo‘ydi. Shu bois, klub rahbariyati Mett Doertini yozda sotib yuborib, unga sarflangan 16,8 million evro miqdoridagi summaning ma’lum qismini g‘aznaga qaytarmoqchi.
Mett Doertining “Tottenxem” bilan shartnomasi 2024 yilning yozigacha tuzilgan. Joriy mavsumda futbolchi 11 ta uchrashuvda qatnashdi xolos.
Fikrlar