
Mourinoning shaxsan o‘zi bu futbolchining transferi bilan shug‘ullanmoqda. U kim?
"Roma" klubi "Betis"ning hujumkor yarim himoyachisi Nabil Fekirga jiddiy qiziqish bildira boshladi.
Goal.com nashri tarqatgan xabarga qaraganda, 28 yoshli frantsiyalik futbolchining vakillariga shaxsan rimliklar bosh murabbiyi Joze Mourino aloqaga chiqqan. Ispan klubi esa o‘z etakchisini 35 million evroga baholamoqda.
Ma’lumot uchun, Fekir o‘tgan mavsum La Ligada jami 34 ta o‘yinda maydonga tushdi va 6 ta gol urishga erishdi.
Fikrlar