
Mourinyu hayotida uchramagan zarbaga duch keldi
Angliya premer-ligasining 22-turida “Tottenxem” futbolchilari o‘z maydonida “Chelsi”ga kichik hisobda yutqazib qo‘ydi. G‘alaba goli Jorjino hisobiga yozildi.
Ma’lumotlarga qaraganda, mezbonlar ustozi Joze Mourino bosh murabbiy sifatida 327-uy uchrashuvini o‘tkazdi. Portugaliyalik mutaxassis ilk bor ketma-ket ikkita uy o‘yinida mag‘lubiyatni qabul qilib oldi. Avvalgi turda “Tottenxem” o‘z maydonida “Liverpul”ga imkoniyatni boy bergan edi.
Umuman olganda esa, Mourino shogirdlari chempionatda ketma-ket uchinchi marta yutqazdi.
Fikrlar