Moykano Tsarukyan bilan jang qilishga tayyormi?

  • 2 fevral, 2024, 12:36
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

UFC engil vazn toifasidagi jangchisi Renato Moykano(13-2-1) do‘sti va jamoadoshi Arman Tsarukyan(16-2) bilan jang qilishga tayyorliginima’lum qildi.

Tecno

“Tsarukyanga qarshi kurashmi? Nega yo‘q?! Bu shunchaki biznes. Avvallari men bu haqida boshqacha o‘ylardim: jamoalar, murabbiylar, sheriklar o‘rtasidagi qarama-qarshilik. Lekin bu men uchun hozir muhim narsa emas. Bir gilamda mashq qilsak ham, men Arman bilan jang qilaveraman. Oxirgi jangda Arman Dariush bilan jang qildi. Agar Tsarukyan mendan unga tayyorgarlik ko‘rishda yordam berishimni so‘rasa, albatta yordam berardim. Chunki Tsarukyanning o‘rnida men ham shunday qilgan bo‘lardim. Nima bo‘lganda ham shuni aytishim lozimki, men uchun bularning barchasi shunchaki biznes."

Eslatib o‘tamiz, Moykano va Tsarukyan America Top Team sport zalida birga shug‘ullanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!