Moyze Kin Italiya terma jamoasi safida gol urgan eng yosh futbolchilardan biriga aylandi

  • 24 mart, 2019, 08:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Xabaringiz bor shu kunlarda Evropa qit’asida Evro-2020ga saralash uchrashuvlari bo‘lib o‘tmoqda. Jumladan, kecha Italiya terma jamoasi o‘z maydonida Finlandiyani qabul qildi va 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Shu kuni italiyaliklarning ikkinchi goliga “Yuventus” forvardi Moyze Kin mualliflik qildi. Bu esa uning "Skuadru Adzurru" safidagi debyut goli bo‘ldi.

E’tiborlisi, shu kuni 19 yosh 23 kunlik bo‘lgan Kin Italiya terma jamoasi safida gol urgan ikkinchi eng yosh futbolchiga aylandi. Ta’kidlash lozimki, bu boradagi rekord Bruno Nikolyaga tegishli. U terma jamoadagi debyut golini urganda 18 yosh 258 kunlik bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!