
MTRK "Zo‘r TV" bilan hamkorlikda AQShdagi katta turnirni translyatsiya qiladi
Bir necha kundan so‘ng Amerika Qo‘shma Shtatlarida start oluvchi "Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati-2025" O‘zbekiston telekanallarida namoyish etiladi.
Bizga ma’lum bo‘lishicha, MTRK (Sport TV va Futbol TV) "Zo‘r TV" bilan hamkorlikda ushbu turnirning translyatsiyasini qo‘lga kiritgan va bellashuv doirasidagi bahslar ushbu kanallar orqali efirga uzatiladi.
Ma’lumot uchun, KO‘JCh 14 iyunda start oladi va 13 iyulga qadar davom etadi.
Fikrlar