
Muay-tay. Farrux Norchaev Jahon chempionati finaliga chiqdi
Tailandning Pattayya shahrida muay-tay bo‘yicha o‘smirlar, yoshlar va kattalar o‘rtasida XVII jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Sayyoramizning 50 ga yaqin davlatidan kelgan sportchilar ishtirok etayotgan dunyo birinchiligida O‘zbekiston delegatsiyasi eng ko‘p sportchi bilan qatnashmoqda.
E’tiborlisi, bugun +71 kg vazn toifasida yoshlar o‘rtasidagi bahslarda ishtirok etayotgan Farrux Norchaev finalga yo‘l oldi. Vakilimiz yarim final bosqichida frantsiyalik Ayub Bauazzani mag‘lubiyatga uchratdi.
Sportchimizga finalda omad yor bo‘lishini tilab qolamiz.
Fikrlar