Muay tay WMF bo‘yicha “Yoshlar ittifoqi" kubogi o‘tkaziladi
Joriy yilning 15-16-17 dekabr kunlari poytaxtimizdagi “Tosh-Kuch” sport klubida WMF Muay-tay sport turi bo‘yicha “Yoshlar ittifoqi kubogi” o‘tkaziladi. Turnir “BAGATIR” sport klubi hamda Yoshlar ittifoqi hamkorligida tashkil qilinmoqda.
Mazkur musobaqada mamlakatimizning barcha hududlaridan 200 nafarga yaqin 7-18 yoshgacha bo‘lgan muay taychilar g‘oliblik uchun kurash olib borishadi.
Shuningdek, 17 dekabr kuni muay tay bo‘yicha professional janglar ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Fikrlar