Muay taychilarimiz xalqaro turnirda yana ikkita medalni termamiz hisobiga qo‘shib qo‘ydi

CHERY AUTO

22-27 iyun kunlari Qirg‘izistonning Issiqko‘l shahrida muay tay bo‘yicha xalqaro turnir yakunlandi. Mazkur musobaqada ishtirokchilar yoshlar va kattalar o‘rtasidagi bahslarda g‘oliblik uchun kurash olib borishdi.

Tecno

Yoshlar bellashuvlarida hamyurtlarimiz 1 oltin, 2 kumush va 5 bronza medalini qo‘lga kiritgan edi.

Kattalar o‘rtasidagi muay tay qarama-qarshiliklarida Sunnatillo Xudoyberdiev 54 kg vazn toifasida 3-o‘rin bilan cheklangan bo‘lsa, Shahboz Mo‘sunov 1-o‘rinni egallash bilan birga xalqaro kamar sohibiga ham aylandi.

Shunday qilib, terma jamoamiz turnirda jami 2 oltin, 3 kumush va 6 bronza bilan taqdirlanishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!