Muaytay bo‘yicha 2024 yilning ilk katta musobaqasi boshlanishiga oz qoldi! (Video)

TIGGO 2 PRO

O‘zbekiston Respublikasi Cport vazirligining Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining 2024 yil uchun Respublika kalendar rejasi loyihasiga muvofiq, 2024 yil 14-18 fevral kunlari Toshkent shahrida joylashgan “Universal” sport saroyida muaytay bo‘yicha kattalar va U-15 yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tadi.

Mazkur musobaqada Jahon, Osiyo chempionatlari va xalqaro nufuzli musobaqalarning g‘olib va sovrindorlari chempionlik uchun bahs olib boradilar.

Barchangizni ushbu qiziqarli va murosasiz o‘tishi kutilayotgan musobaqada kutib qolamiz.

Musobaqaning tantanali ochilish marosimi 2024 yil 17 fevral kuni soat 18:00da o‘tkazilishi rejalashtirligan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!