Muaytay bo‘yicha navbatdagi O‘zbekiston kubogi sanasi ma’lum bo‘ldi!

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

12-16 oktyabr kunlari Toshkent shahri muaytay bo‘yicha qiziqarli o‘tishi kutilayotgan turnirga mezbonlik qiladi. Yanada aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, "Universal" sport saroyida muaytay bo‘yicha havaskorlar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi turniri tashkil etiladi. 

Mazkur musobaqa o‘smirlar, yoshlar va kattalar toifasida o‘tkaziladi. Turnir tashkilotchilarining ma’lum qilishicha, kubok doirasida iqtidorli yoshlar va terma jamoaga munosib nomzodlar saralanib olinadi. Shuningdek, ushbu musobaqaga qiziqish juda yuqori va Respublikamiz bo‘ylab, juda ko‘p sportchilar ishtirok etishi kutilmoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!