Muaytay: Kamronbek Zarbobbekov jahon chempionati kumush medal sohibi!

CHERY AUTO

Ma’lumki, Tailandning Bangkok shahrida muaytay bo‘yicha yoshlar va kattalar o‘rtasida 18-jahon chempionati tashkil etildi.

Tecno

Mazkur turnirda o‘zbekistonlik muaytaychilar ham ajoyib natijalarni qayd etishdi. Bir qator oltin medallar qatorida kumushlar ham qo‘lga kiritildi.

Jumladan, kattalar o‘rtasida  57 kg vaznda Kamronbek Zarbobbekov ikkinchi o‘rinni egalladi. Yoqubjon Tursunov shogirdi yarim finalida nepallik Guranajni 3:0 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, finalida xitoylik Jao Yuga 2:1 hisobida imkoniyatni boy bergan holda, delegatsiyamiz tarkibiga kumush medalni taqdim etdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!