
Muhammad Ali va Mayk Taysondan qay biri kuchliroq? Emelyanenko javob berdi
Rossiyalik MMA jangchisi Aleksandr Emelyanenko “CE” ga bergan intervyusida yoshlikda kimga havas qilganligi hamda Muhammad Ali va Mayk Taysondan qay biri kuchli ekanligi haqidagi savollarga javob berdi.
Tayson sizning bolaligingizdagi "kumir"ingiz degan xulosaga kelishmimiz mumkinmi?
- Men boks bilan shug‘ullanganimda, uyimizdagi devorlar Taysonning qirqib olingan rasmlari bilan to‘la edi. Maykdan tashqari, Muhammad Ali, Jorj Forman, Jo Freyzer ham yoqardi.
- Boks muxlislarining abadiy tortishuvi - kim kuchliroq: Muhammad Ali yoki Mayk Tayson?
- Bu umuman ahmoqona savol. Ularning ikkisi ham o‘zgacha. Ularning har biri o‘z uslubiga, o‘ziga xos texnikasiga ega.
Fikrlar