Muhammad Isaev "Istiqlol"ni tark etdi

  • 6 iyul, 2022, 12:48
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mavsum avvalida Tojikistonnning “Istiqlol” klubiga qo‘shilgan o‘zbekistonlik yarim himoyachi Muhammad Isaevning u erdagi faoliyati o‘z poyoniga etgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqida “Istiqlol” klubi matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Tecno

Unda aytilishicha, ikki nafar legioner – Nikita Chicherin hamda Muhammad Isaev jamoani tark etishdi, ularga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz va keyingi faoliyatida omad tilaymiz, deyiladi “Istiqlol” matbuot xizmati bergan bayonotda.

Hamyurtimiz “Istiqlol” tarkibida yil boshida Osiyo Chempionlar ligasida debyut qilganini bilsangiz kerak. Ayni paytda Isaev oldida turgan boshqa takliflarni ko‘rib chiqmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!