
Muhammad Saloh “Barsa”ga bajarilmas talab qo‘ydi
“Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh keyingi mavsum yakunlangach, erkin agent sifatida “Barselona”ga o‘tishi haqida xabarlar tarqatilgandi.
Misrlik futbolchi o‘ziga og‘iz solayotgan kataloniyaliklarga asosiy talablarini aytib o‘tdi.
Diario AS nashrining xabar berishicha, Muhammad saloh bir mavsum uchun kamida 17 million evro maosh so‘rayapti.
Transferlar olamini kuzatib borayotgan mutaxassislar Kataloniya klubi mutasaddilari bu shartga ko‘nmasligini ta’kidlamoqda. Chunki “Barselona” rahbariyati hamon davom etayotgan moliyaviy inqiroz tufayli eng katta maosh 10 million evrodan oshmasligi haqida qaror qabul qilgan.
Fikrlar