Muhammad Saloh bedavo dardga chalingan do‘stini unutgani yo‘q

  • 13 sentabr, 2020, 11:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya premer-ligasining birinchi turida “Lids” darvozasiga uchta gol kiritib, “Liverpul”ning 4:3 hisobidagi g‘alabasini ta’minlagan Muhammad Saloh odamgarchilik qanday bo‘lishini ko‘rsatib qo‘ydi.

Tecno

Saloh gollaridan birini Misr terma jamoasidagi do‘sti Mo‘min Zakariya usulida nishonladi. Zakariya 2018 yildan buyon futbol o‘ynamayapti. Unda yontomonlama amiotrofik skeleroz aniqlangan. Bu xastalik nerv tizimini ishdan chiqarib, odamni falajlikka olib boradi va hozirgi kunda bu dardning davosi topilmagan.  

rueed2380e60b.97.522x400

Bundan bir yil muqaddam xuddi shu kasallik oqibatida “Zenit” tarkibida o‘ynagan Fernando Riksen hayotdan ko‘z yumgan edi. Unda bu kasallik 2013 yilda aniqlangandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!