Muhammad Saloh futboldan qachon ketishini aytdi

  • 28 may, 11:56
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul”ning bugungi kundagi eng zo‘r to‘purari Muhammad Saloh mavsum yakunlanishi arafasida klub bilan ikki yillik shartnoma tuzdi.

Tecno

Shunga qaramay, misrlik hujumchi faoliyatini qachon yakunlashi haqidagi savollarga javob berishiga to‘g‘ri kelmoqda.

- O‘zim 39 yoki 40 yoshgacha futbol o‘ynay olaman, deb o‘ylayman. Ammo, agar futboldan ketish vaqtim kelganini his qilsam, ertaroq ham yakunlashim mumkin. Men futbolda ko‘p narsaga erishib bo‘ldim.

Aslida “Liverpul” bilan shartnomam yakuniga etib qolgan edi va men Saudiya Arabistoni chempionatiga ketishga yaqin turgandim. So‘nggi pallada klubim bilan kelishuv amalga oshdi, - dedi Muhammad Saloh.

2017 yildan beri “qizllar” sharafini himoya qilayotgan misrlik hujumchi jamoa tarkibida ikkinchi bor Angliya chempioni bo‘ldi. Bu mavsumda Saloh barcha turnirlarda 52 ta uchrashuv o‘tkazib, 34 ta gol va 23 ta assist muallifi bo‘ldi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!