Muhammad Saloh koronavirusni qaerda yuqtirgani fosh bo‘ldi

  • 18 noyabr, 2020, 11:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Misr terma jamoasining sobiq futbolchisi Mido bugungi kunda mashhurlikda o‘zidan o‘zib ketgan Muhammad Salohni keskin qoraladi.

- Balki mening bu gaplarim uchun tanqid qilishar, lekin gapirmasam bo‘lmaydi. Muhammad Saloh Misr terma jamoasi o‘yinidan oldin ukasining to‘yiga borib, katta xato qildi. U koronavirus tarqalishini oldini olish uchun qo‘llanilayotgan choralarga hayratlanarli darajada bepisand bo‘ldi. Mana, oqibatini ham ko‘rib turibmiz.

Misr muhim uchrashuv oldidan asosiy futbolchisini yo‘qotdi. Saloh o‘z jamoadoshlari salomatligini ham xavfga qo‘ydi. U bunaqa vaziyatda to‘yga bormasligi kerak edi.  To‘yda 800 nafardan ziyod odam qatnashdi. Shulardan yarmi Saloh bilan o‘pishib ko‘rishdi. Bu futbolchi butun terma jamoadan o‘zini ustun qo‘yishini ko‘rsatdi, - deydi Mido.

“Liverpul” Muhammad Salohdan qutilmoqchi. Zo‘r variant chiqdi

O‘runov “Spartak”ning “supertransferiga” xalaqit qilyaptimi?

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!