Muhammad Saloh yangi topshiriq oldi

  • 4 noyabr, 2020, 19:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Misr olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Shavqi G‘arib “Liverpul” hujumchisi Muhammad Salohni kelasi yili Tokioda bo‘ladigan Olimpiya o‘yinlariga jalb qilishini bildirdi.

- Bizda Muhammad Salohdek buyuk futbolchi bor va uni terma jamoamizga jalb etish bo‘yicha muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlanishiga ishonchimiz komil. Biz bo‘lajak Olimpiadada Saloh bilan birga qatnashmoqchimiz, - dedi Shavqi G‘arib.

Ma’lumki, yozgi Olimpiya o‘yinlarining futbol musobaqalarida 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar ishtirok etadi. Biroq, har bir terma jamoasi 23 yoshdan katta bo‘lgan uch nafar o‘yinchi xizmatidan foydalanishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!