Muҳammad Saloҳning keyingi klubi deyarli aniq
"Liverpul" vingeri Muhammad Saloҳ Saudiya Arabistoniга ko'chib o'tishi mumkin.
Mersisaydliklar forvardi Muhammad Saloҳ katta ehtimol bilan yozda jamoani tark etadi. Xabarlarga ko'ra, hammasi aynan shunga qarab ketmoqda. Manbada yozilishicha misrlik futbolchining keyingi klubi Saudiya Arabistonining amaldagi chempioni "Al-Ittihod" bo'lishi mumkin. OAV uzoq vaqtdan buyon Saloҳning Saudiyaga ko'chib o'tishi haqida yozmoqda. "Qizillar” yozda pul ishlash maqsadida misrlik futbolchining shartnomasi tugashiga 1 yil qolganida sotib yuborishi mumkin. Saloҳ iyun oyida 34 yoshni qarshi oladi. Nufuzli "Transfermarkt" portali futbolchini 30 million yevroga baholagan.
Ma'lumot uchun, Muhammad "Liverpul" safida umumiy 425ta uchrashuvda maydonga tushib, 251ta gol urgan va 119ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikrlar