Muҳammad Saloҳning keyingi manzili – Madrid!

  • 21.05.2026 06:08
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Liverpul”dagi to‘qqiz yillik faoliyatidan keyin jamoani tark etishga qaror qilgan hujumchi Muhammad Saloh Madridning “Atletiko” klubiga qo‘shilishi kutilmoqda.

Muhammad Saloh Mersisayd klubida shu vaqtgacha jami 441 ta o‘yin o‘tkazib, 257 ta gol urdi va 122 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

WinWin ma’lumotiga ko‘ra, avvalroq 33 yoshli futbolchi uchun asosiy da’vogarlar Saudiya Arabistoni klublari hisoblanayotgan edi, ammo endi “Atletiko” varianti haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi.

Shu bilan birga, Madrid klubida bunday transferni amalga oshirish juda qiyin bo‘lishini tan olishmoqda.

- Saloh — eng yuqori darajadagi futbolchi va, albatta, istalgan Yevropa klubi uni o‘z tarkibiga qo‘shib olishni istaydi. Ammo hozircha hech qanday rasmiy qadamlar tashlanmadi.

Asosiy muammo — uning yuqori maoshi, bu esa madridliklarning hozirgi moliyaviy tuzilmasiga mos kelmaydi, - dedi “Atletiko”ga yaqin manba.

Hozirda Saloh yiliga 20 million funtdan ortiq maosh oladi va aynan moliyaviy talablar uning Ispaniya klubiga o‘tishidagi asosiy to‘siq bo‘lishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!