Muhammadjon Qurbonov chempionlik kamarini vakant qoldirmoqda.Uning rejalari qanday?

  • 4 yanvar, 2024, 18:14
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
BEPUL PROPAN

Qozog‘istonning Oktagon ligasi yarim engil vazn (65,8 kg) toifasi chempioni hamyurtimiz Muhammadjon Qurbonov chempionlik kamarini vakant qoldirishi haqida ma’lumotga ega bo‘ldik va buning sababi bilan qiziqdik.

- Ha, chempionlik kamarini vakant qoldiramiz. Endilikda engil vazn (70,3 kg) toifasida harakat qilish maqsadidamiz. Hozircha yangi vazn toifasidagi ilk raqibim kim bo‘lishini bilmayman. Men ko‘proq xorijlik raqib berishlarini so‘rayapman. Barchasi yangi yildan keyin hal bo‘lishini aytishgan edi. Kutyapmiz, nasib qilsa bu divizionda ham yaxshi natija qayd etamiz.

Ma’lumot uchun, engil vazn toifasida ham chempionlik kamari o‘zbekistonlik, Qurbonovning jamoadoshi Doston Bozorlarga tegishli. Har ikkisining murabbiyi Dmitriy Xudyakovning ma’lum qilishicha Bozorov faoliyatini AQShda yoki Evropa promoushenlarida davom ettirishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!