Muhammadkarim Toirov: "Hali chempionat uzoq, ishonamanki, muxlislarimizni g‘alabalarimiz bilan xursand qilamiz"

  • 4 mart, 2024, 09:57
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Andijon”ning OKMKga qarshi uchrashuvidan so‘ng "Bugutlar"ning iqtidorli yarim himoyachisi Muhammadkarim Toirov “Andijon” matbuot xizmatiga bellashuv borasidagi fikrlarini bildirdi.

Tecno

- Chempionatning dastlabki o‘yinidan sizda qanday taassurotlar qoldi?

- Mavsumdagi birinchi o‘yinimizni o‘tkazdik va bir ochkoga ega bo‘ldik. Keyingi bellashuvlarda muxlislarimizni bundan-da xursand qilishga harakat qilamiz. Hali chempionat uzoq, ishonamanki, ishqibozlarimizni g‘alabalarimiz bilan kayfiyatlarini ko‘taramiz.

- OKMKga qarshi o‘yin va natijadan qanchalik qoniqdingiz?

- Birinchi o‘yinga nisbatan yaxshi. Keyingi turlarda o‘yinimizni yanada kuchaytiramiz.

- Raqib siz kutgandek o‘yin ko‘rsatdimi?

- Ha, men kutgandek o‘yin namoyish qildi. Har doimgidek OKMK yaxshi jamoa.

- “Andijon” 10 mart kuni o‘z maydonida “Bunyodkor”ni qabul qiladi. Bo‘lajak o‘yin oldidan nimalarni ayta olasiz?

- Bo‘lajak o‘yinga biz bundan ham qattiq tayyorgarlik ko‘ramiz. Negaki, bu o‘z maydonimizda bo‘ladi. Albatta, muxlislarimizni g‘alabalarimiz bilan xursand qilamiz.

“Andijon” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Bek 56
04/03/2024 13:38
Мух,аммадКарим 10 санада ИНШААЛЛОХ сизлардан галаба кутиб к,оламиз