Muhim o‘yinlar oldidan "Real"ning 3 etakchisi jarohat oldi

  • 3 fevral, 2023, 07:22
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya La Ligasi 17-tur doirasidagi qoldirilgan o‘yinda "Real" o‘z maydonida "Valensiya"ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi.

E’tiborli jihati, jamoasining har ikki goliga assistentlik vazifasini bajargan Karim Benzema ushbu bahsda jarohat olib, maydonni erta tark etishga majbur bo‘ldi. Frantsiyalik hujumchi 60-daqiqada o‘z o‘rnini Rodrigoga bo‘shatib berdi.

Karimdan tashqari, Eder Militao hamda Toni Kroosning ham holati yaxshi emas. Militao "ko‘rshapalaklar"ga qarshi uchrashuvning birinchi bo‘limidayoq zaxiraga olindi.

"Qirollik klubi"ni EChL nimchorak final bosqichidan o‘rin olgan "Liverpul"ga qarshi o‘ta muhim bellashuv kutib turibdi. Ushbu o‘yin 22 fevral sanasiga belgilangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!