
Muhsin Nizomiddinov: "Birinchi bo‘limda biroz muvozanatni yo‘qotdik"
Pro liganing 5-turida “Qo‘qon-1912” mehmonda “Olimpik Mobiuz”ni 1:3 hisobida taslim qildi. Uchrashuvdan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Muhsin Nizomiddinov quyidagicha fikr bildirdi.
- Avvalambor, yaqinlashib kelayotgan Ramazon Hayit bayrami bilan barchani tabriklaymiz. Ro‘zaning oxirgi kunlari, shunga qaramay, uchrashuvga tayyorlanib keldik. Bizda deyarli yarim jamoa ro‘zador. Shu narsa bizga xalaqit qilmasin deb qo‘rqib turgandim. Birinchi bo‘limda biroz muvozanatni yo‘qotdik, bo‘sh zonalar ochilib qoldi. “Olimpik Mobiuz” futbol o‘ynashni biladigan, klassi bor bo‘lgan O‘zbekistondagi eng yaxshi yoshlardan iborat jamoa. Bular bilan bunaqa futbol o‘ynab bo‘lmaydi. Ro‘zaning oxirgi kunlarida qiynalmasdan o‘tkazib olganimizdan xursandman.
- Jamoa tarkibida yo‘qotishlar yo‘qmi?
- Yo‘qotishlar bor edi, Ibrohim No‘’monov. Oldingi o‘yinlarda gol urib yordam berib turgandi. O‘tgan safar “Xorazm” bilan uchrashuvda jarohat olib qoldi. Eng katta yo‘qotishimiz shu edi. Bizda 25 nafar futbolchi bor. Barchasi deyarli bir xil. O‘zbekiston Kubogida tarkibda rotatsiya qilib, yoshlarimizga ham imkoniyat beramiz. Yo‘qotishlarning o‘rnini bosadigan yoshlarimiz bor.
- Maydon haqida fikringiz?
- Maydon super. Bunday tashkilotchilikka rahmat aytish kerak. Shunday maydonlarni yoshlarimizning kelajagi uchun qilib berishyapti. Shunaqa stadionlar har bir viloyatlarda bo‘lsa, “Olimpik Mobiuz”ga o‘xshagan jamoalar ko‘proq bo‘ladi. Rahmat.
Fikrlar