Mundialda bitta gol urgan osiyolik futbolchini APL klublari chaqiryapti
Frantsiyaning «Reyms» klubi va Yaponiya terma jamoasi vingeri Keyto Nakamura Angliya Premer-ligasining bir qator klublari diqqat markaziga tushdi.
BBC ma'lumotiga ko‘ra, 26 yoshli futbolchi yozda 21,5 million funt sterling evaziga klubini tark etishi mumkin.
Nakamura o‘tgan mavsum «Reyms» safida 14 ta gol urib, jamoaning eng yaxshi to‘purari bo‘lgan. Shuningdek, u jahon chempionatida bitta dan gol va assist qayd etib, Opta talqiniga ko‘ra guruh bosqichining ramziy jamoasidan joy olgan.
Hozirda yaponiyalik mahoratli futbolchiga «Everton», «Bornmut» va «Fulxem» klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Fikrlar