Mundialda ilk bor og‘zini yopgan futbolchi maydondan haydaldi
2026 yildgi jahon chempionati guruh bosqichining ikkinchi turida Paragvay terma jamoasi Turkiya ustidan minimal hisobda g‘alaba qozondi — 1:0.
Biroq paragvayliklar uchun o‘yin oson kechmadi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda jamoa yetakchilaridan biri Migel Almiron maydondan chetlatildi.
Bu jahon chempionatlari tarixida noodatiy holat sifatida qayd etildi. Ilk bor futbolchi og‘zini qo‘li bilan berkitib gapirgani uchun qizil kartochka oldi.
Almiron qo‘lini og‘ziga tutib, nimanidir aytdi, shundan so‘ng sal’vadorlik hakam Ivan Barton unga maydonni tark etishni buyurib, qizil kartochka ko‘rsatdi.

Fikrlar