Mundialdan quruq qolgan yosh yulduz alamli dil so‘zlarini aytdi
Germaniya milliy terma jamoasi va Myunxenning “Bavariya” klubi yarim himoyachisi Lenart Karl jarohati sababli 2026 yildagi jahon chempionatida ishtirok eta olmasligini ma'lum qildi.
18 yoshli futbolchi ijtimoiy tarmoqda shu haqida yozdi.
- Men uchun eng muhim turnirni o‘tkazib yuborish juda og‘ir. Jahon chempionatiga tayyor bo‘lish uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qildim. Afsuski, jarohatlar ba'zan eng noqulay paytda yuz beradi.
Germaniya milliy terma jamoasiga omad tilayman va har daqiqa ularni qo‘llab-quvvatlayman. Men yanada kuchliroq bo‘lib qaytaman, - dedi Lenart Karl.
Avvalroq, Germaniya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsman futbolchi mashg‘ulot paytida jarohat olganini ma'lum qilgan edi. Keyinchalik unda mushak tolasining uzilishi aniqlandi. Uning o‘rniga “RB Leyptsig” futbolchisi Assan Uedraogo chaqirildi.

Fikrlar